Toshkent viloyatining Angren shahrida 15 yoshli voyaga yetmagan qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlanganligi haqida avval xabar berilgan edi. Bolalar ombudsmaniga ma'lum qilishicha, u hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanmoqda va ruhiy holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Ombudsman qizning umumiy sog‘lig‘i, ruhiy holati, ota-onasi va oila a'zolariga nisbatan emotsional munosabati hamda ularga bo‘lgan ishonch darajasini o‘rganish maqsadida shifoxonaga borgan. Suhbat davomida voyaga yetmagan qiz qaysi oila a'zosi bilan yashashni istashi haqida ham o‘z fikrini bildirgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, shifokorlarning mas'uliyati va qizni parvarish qilishdagi mehri tufayli uning sog‘lig‘i yaxshilangan, tana vazni oshib, umumiy ahvoli barqarorlashgan.
Psixolog xulosasiga ko‘ra, u bilan olib borilayotgan muntazam muolajalar natijasida qizda ijobiy o‘zgarishlar bor. Shu bilan birga, davolanish tugagach, uni havfsiz va neytral muhitga joylashtirish maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.
Ma'lumotga ko‘ra, ushu jinoyat bo‘yicha tergov yakunlanib, ish sudga yuborilgan. Qiz zo‘ravonlik holatidan keyin Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga ko‘chirilgan.






