AsosiyDunyo

Madina yaqinida avtobus yonib ketdi

Ushbu mudhish hodisa ortidan kamida 42 nafar ziyoratchi halok bo‘lgan.

'Madina yaqinida avtobus yonib ketdi'ning rasmi

"Hindustan Times"ning yozishicha, halok bo‘lganlar orasida kamida 16 kishi Hindistonning Haydarobod shahri aholisi bo‘lgan. Avtobus butunlay yonib ketgani sababli rasmiylar marhumlarning shaxsini aniklash jarayonini davom ettirmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, fojia mahalliy vaqt bilan soat 1:30 da, Madinadan taxminan 160 km uzoqlikda joylashgan Mufrihat shahri hududida sodir bo‘lgan. Avtobusda 43 yo‘lovchi bo‘lgani, faqat bitta kishi tirik qolgani bildirilgan. Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar voqeadan qattiq afsus bildirdi. Uning ta'kidicha, Riyoddagi elchixona va Jiddadagi konsulxona jabrlanuvchilar va ularning oilalariga barcha zarur yordamni ko‘rsatmoqda. Jiddadagi Hindiston elchixonasi halokat qurbonlari oilalari uchun ishonch telefonini e'lon qildi. Haydarobod deputati Asaduddin Ovaysi esa sarosimaga tushgan oilalarga yordam sifatida qurbonlarning shaxsini tezroq aniklash va jasadlarni Hindistonga qaytarishni so‘rab markaziy hukumatga murojaat qilgan.

    Boshqa yangiliklar