AsosiySiyosat

Markaziy Osiyo etakchilari Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Mintaqa davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari ettinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Islom tsivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi.

'Markaziy Osiyo etakchilari Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi ishtirokchilari — Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan majmua islom tsivilizatsiyasi merosi, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim yo‘nalishlarini birlashtirgan ilk kompleks hisoblanadi. Markaz milliy me’moriy uslub va zamonaviy yechimlar uyg‘unligida barpo etilgan.

Yetakchilar Usmon Mushafi saqlanayotgan Qur’oni karim zali, "Islomdan avvalgi tsivilizatsiyalar", "Birinchi Renessans", "Ikkinchi Renessans" hamda "Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans" bo‘limlari bilan tanishdi. Ularda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Moturidiy, Bahouddin Naqshband kabi allomalarning boy merosi, shuningdek, turli sulolalar davriga oid qo‘lyozmalar namoyish qilingan.

Tashrif davomida yetakchilar mintaqadagi madaniy hamkorlikni mustahkamlash, umumiy merosni asrash va ma’rifatparvar loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 17:25

    Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

    O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazishdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 16:31

    'Mirziyoyev Aliyev bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 16:01

    Mirziyoyev Aliyev bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 13:35

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 12:36

    'O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida tovar ayirboshlash 4 mlrd dollarga etdi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 12:09

    O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida tovar ayirboshlash 4 mlrd dollarga etdi

    Mirziyoyev va Toqayev o'rtasida tor doira muzokaralari bo'lib o'tdi.