AsosiySiyosat

O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida tovar ayirboshlash 4 mlrd dollarga etdi

Mirziyoyev va Toqayev o'rtasida tor doira muzokaralari bo'lib o'tdi.

'O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida tovar ayirboshlash 4 mlrd dollarga etdi'ning rasmi

15 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev o‘rtasida tor doira muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davlat tashrifi O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tashrifga tayyorgarlik doirasida Toshkentda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes-forumi, Qozog‘iston tibbiyoti kunlari, qozoq filmlari namoyishi, Ostona kunlari va bir qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yilning o‘tgan davri mobaynida tovar ayirboshlash 4 milliard dollarga yetdi. O‘zaro savdo hajmini oshirish va import o‘rnini bosish orqali bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga yetkazish maqsad qilindi. Yuk tashish hajmi o‘sib bormoqda, shaharlar o‘rtasida haftasiga 40 dan ortiq aviaqatnovlar amalga oshirilmogda.

So‘nggi yillarda 6,5 ming qo‘shma korxona tashkil etildi va ustuvor tarmoqlarda yirik loyihalar amalga oshirilmogda. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun 8 milliard dollardan ortiq qiymatdagi loyihalar portfeliga ega bo‘lish maqsad qilindi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish taklif qilindi.

Muzokaralar davomida energetika, transport, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, axborot texnologiyalari va boshqa muhim sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Ikki mamlakat hududlari rahbarlarining birinchi Kengashini 2026-yilda Qozog‘istonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashdilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.'ning rasmi

    Siyosat Bugun 15:30

    Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.

    Prezident Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:28

    'Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi'ning rasmi

    Siyosat 24.02.2026 14:24

    Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrifda bo‘lib turgan Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin bilan uchrashdi.

    'Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 04:59

    Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi

    Qozog‘iston ham Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.

    'Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 00:45

    Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston prezidenti Vashingtondagi sammitda nutq so‘zlab, qator uchrashuvlar o‘tkazdi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

    'Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 19.02.2026 18:30

    Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi

    Oʻzbekiston prezidenti sammitda Gʻazonni tiklash va mintaqada barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha mamlakat pozitsiyasini bildirdi.