13 noyabr kuni Floridadagi Kanaveral kosmodromidan “New Glenn” ogʻir yuk tashuvchi raketasi uchirildi.
U NASA buyurtmasiga binoan Rocket Lab ishlab chiqqan ikki EscaPade zondini Yer orbitasiga olib chiqdi. Zondlar Mars atrofidagi fazo muhiti, iqlim tarixi va atmosferasining yoʻqolish sabablarini oʻrganadi.
Bu Blue Origin uchun muhim bosqich: kompaniyaning birinchi tijoriy parvozida raketa birinchi bosqichi Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga muvaffaqiyatli qondi. “New Glenn” 2016 yildan beri ishlab chiqilmogʻda va 45 tonnagacha yukni orbitaga yetkazish imkoniyatiga ega.






