AsosiyDunyo

Kareliyada Su-30 samolyoti halokatga uchradi

Hodisa odamlar yashamaydigan o‘rmon hududida sodir bo‘lgan.

'Kareliyada Su-30 samolyoti halokatga uchradi'ning rasmi

Kareliya rahbiri Artur Parfenchikovning aytishicha, tezkor xizmatlar darhol halokat joyiga yo‘naltirilgan.

Halok bo‘lganlar 159-aviatsiya qiruvchi polkining harbiy xizmatchilari ekani ma’lum qilindi. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘q. Hodisa sabablari o‘rganilmogda.

Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni Turkiya harbiy samolyoti Gruziya hududida qulagan va 20 harbiy xizmatchi halok bo‘lgani rasman tasdiqlangan edi.

Turkiyada halokat sababi sifatida samolyot urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmogda.

    Boshqa yangiliklar