Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya neft qazib olish va qayta ishlash hajmidagi pasayish tufayli joriy yilda 37 milliard dollardan ortiq zarar ko‘radi.
Zelenskiy o‘z murojaatida Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Oleg Ivashchenkoning hisobotiga tayanib, Rossiyada neft qazib olish va qayta ishlash hajmi keskin kamayganini bildirdi.
Uning aytishicha, bu pasayish nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy oqibatlarga ham olib kelmoqda.
“Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya neft sanoatidagi inqiroz chuqurlashmoqda. Bu yilgi zarar kamida 37 milliard dollarga teng bo‘ladi”, — dedi Zelenskiy.
U, shuningdek, G‘arb davlatlari tomonidan joriy etilgan sanktsiyalar ham o‘z samarasini ko‘rsatayotganini qayd etdi.
Zelenskiy ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotining asosiy tayanchi bo‘lgan energetika sohasidagi bosim ortib bormoqda va bu, oxir-oqibat, Kremlning urush olib borish imkoniyatlarini cheklaydi.






