AsosiyDunyo

Afgʻonistonda yuzini toʻliq yopmagan ayollarga doʻkonlarga kirish taqiqlandi

Herat viloyatida "Tolibon" ayollar uchun navbatdagi cheklovni joriy etdi - endi yuzini to'liq yopmagan ayollarga savdo do'konlariga kirishga ruxsat berilmaydi.

'Afgʻonistonda yuzini toʻliq yopmagan ayollarga doʻkonlarga kirish taqiqlandi'ning rasmi

Hirot viloyatidagi savdo do‘konlari egalari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Tolibon” vakillari ayollar yuzini to‘liq yopmagan taqdirda, ularga xizmat ko‘rsatmaslikni talab qilgan. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Shundan so‘ng sotuvchilar hijob yoki paranjini taqmagan ayollarni do‘konga kiritmaslikka majbur bo‘ldi. Bu choralar “ayollarning jamoat hayotidagi ishtirokini cheklashga qaratilgan siyosat” doirasida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Ayni paytda Afg‘onistonda qizlar uchun maktab va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish taqiqlangan holicha qolmoqda. Ilgari shunday cheklovlar sudlar, shifoxonalar, davlat idoralari va hatto O‘zbekiston bilan chegaradosh bozorlarda ham joriy etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar