AsosiySport

Temur Kapadze Oʻzbekiston terma jamoasiga xayrlashuv maktubi yozdi

Bu yillar hissiyotlar, gʻalabalar va unutilmas tajribalar bilan toʻla boʻldi — Kapadze

'Temur Kapadze Oʻzbekiston terma jamoasiga xayrlashuv maktubi yozdi'ning rasmi

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze o'zining instagram sahifasida jamoa bilan xayrlashdi.

"Milliy jamoadagi faoliyatim nihoyasiga yetdi. Bu yillar hissiyotlar, g'alabalar va unutilmas tajribalar bilan to'la bo'ldi. Futbolchilar, jamoa shtabi va federatsiyaga ishonch va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, muxlislarga — doimiy qo'llab-quvvatlov, energiya va jamoaga bo'lgan ishonchi uchun katta rahmat. Bu jamoaning bir qismi bo'lganimdan faxrlanaman. Jamoaga kelgusidagi o'yinlarda omad va yangi yutuqlar tilayman", deb yozadi Kapadze. 

Ma'lumot uchun, Kapadze 2025 yilning yanvar oyidan 6 oktabrgacha milliy terma jamoani boshqargan. Shu davrda u 9 ta uchrashuv o'tkazib, 5 tasida g'alaba, 4 tasida esa durang qayd etgan. Keyinchalik Kapadze O'zbekiston terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroga yordamchi bo'lib faoliyat olib bordi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Messi 400-assist marrasiga yetdi — tarixdagi ikkinchi futbolchi'ning rasmi

    Sport Bugun 15:28

    Messi 400-assist marrasiga yetdi — tarixdagi ikkinchi futbolchi

    9 noyabr kuni boʻlib oʻtgan MLS pley-off bahsida "Inter Mayami" oʻz maydonida "Neshvill"ni 4:0 hisobida magʻlub etdi.

    'Temur Kapadze O'zbekiston milliy terma jamoasidan ketdi'ning rasmi

    Sport 09.11.2025 20:46

    Temur Kapadze O'zbekiston milliy terma jamoasidan ketdi

    Uz o'z faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida ekanligi bois OFA rahbariyati uning qarorini qabul qilgan.

    '24 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Sport 07.11.2025 18:57

    24 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi

    Bu haqda Texas jamoat xavfsizligi departamenti ma'lum qildi.

    'Yilning eng yaxshi murabbiyi va darvozaboni uchun nomzodlar eʼlon qilindi'ning rasmi

    Sport 07.11.2025 11:48

    Yilning eng yaxshi murabbiyi va darvozaboni uchun nomzodlar eʼlon qilindi

    Nomzodlar FIFA ekspertlari tomonidan 2024 yil 11 avgustdan 2025 yil 2 avgustgacha bo‘lgan o‘yin natijalari asosida tanlab olindi.

    'JCh U-17: O'zbekiston Paragvayni 2:1 hisobida mag'lub etdi'ning rasmi

    Sport 05.11.2025 20:05

    JCh U-17: O'zbekiston Paragvayni 2:1 hisobida mag'lub etdi

    O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvda 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

    'Ronaldu qachon faoliyatini tugatishini aytdi'ning rasmi

    Sport 05.11.2025 15:41

    Ronaldu qachon faoliyatini tugatishini aytdi

    Biroq, u bu qarorni qabul qilish oson boʻlmagligini tan oldi.