AsosiyDunyo

Heratda ayollarga paranjisiz shifoxona va muassasalarga kirish taqiqlandi

Afgʻonistonning Hirot viloyatida ayollarga nisbatan yangi cheklovlar joriy etildi.

'Heratda ayollarga paranjisiz shifoxona va muassasalarga kirish taqiqlandi'ning rasmi

Afgʻonistonning Hirot viloyatida ayollarga nisbatan yangi cheklovlar joriy etildi. Viloyat gubernatori Zana Vohid qaroriga koʻra, endilikda ayollar paranjisiz holda shifoxonalarga, maktablarga va hatto taksiarga ham kiritilmaydi, deb xabar berdi Atlas Press.

Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi kunlarda paranjisiz ayollar viloyat shifoxonasi, qamoqxona, taʼlim boshqarmasi, banklar va FHDO idoralariga kiritilmayotgani kuzatilgan. Guvohlar aytishicha, hatto hijobdagi ayollar ham baʼzan binoga kirolmay, soatlab koʻchada kutishga majbur boʻlmoqda.

"Kabul Now" manbasining yozishicha, "Tolibon" hokimiyati taksi haydovchilariga ham paranjisiz ayollarni olib yurmaslik haqida koʻrsatma bergan. Bu buyruqni buzgan haydovchilar jazolanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili "Tolibon" Hirotdagi ayollar kafesini ham aniq sababsiz yopib qoʻygan, yaqinda esa universitet xodimlariga ish vaqtida smartfondan foydalanishni taqiqlagan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:56

    'Trumpning yigʻilishdagi suratlari tanqidlarga sabab boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:24

    Trumpning yigʻilishdagi suratlari tanqidlarga sabab boʻldi

    AQSh Prezidenti Donald Trumpning Oq uydagi yig'ilish paytida ko'zlarini yumgan holdagi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

    'Turkiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:10

    Turkiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order berdi

    Turkiya Bosh prokuraturasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Isroil Katsga nisbatan genotsid hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish orderini chiqardi.

    'Sirdaryoda narkolaboratoriya fosh etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:47

    Sirdaryoda narkolaboratoriya fosh etildi

    Namanganda esa narkotik va kontrabanda dori savdosiga chek qo'yildi

    'Filippinda "Fung-Vong" tayfuni sababli bir millionga yaqin kishi evakuatsiya qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:08

    Filippinda "Fung-Vong" tayfuni sababli bir millionga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

    Yaqinlashib kelayotgan kuchli "Fung-Vong" tayfuni tufayli Filippin hududida xavf darajasi oshirildi, Luson orolidagi aholi xavfsiz joylarga koʻchirilmokda.

    'Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda falastinliklar va jurnalistlarga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:22

    Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda falastinliklar va jurnalistlarga hujum qildi

    Isroil armiyasi hodisadan xabar topgach, askarlar yuborilganini bildirdi, biroq guvohlar hujum vaqtida joyda harbiylar bo‘lmaganini ta'kidladi.