AsosiyJamiyat

Narkojinoyatlar uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi

Prezident bu boradagi farmonni imzoladi.

'Narkojinoyatlar uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi'ning rasmi

Prezident farmoniga muvofiq, endilikda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo chorolari ancha og‘irlashtiriladi.

- 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish — narkobiznesni uyushgan guruh tarkibida yoki internet orqali amalga oshirish, narkolaboratoriya tashkil etish yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga nisbatan qo‘llaniladi.

- Jamoat joylarida giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun — 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilanadi.

- Qo‘shaloq og‘irlashtirilgan javobgarlik — ko‘p miqdorda narkotik tayyorlash, saqlash, olib o‘tish yoki kontrabanda qilish holatlariga tatbiq etiladi.

- Voyaga yetmaganlarni himoya qilish maqsadida:

— ularni jalb etgan yoki ta’lim muassasalari hududida narkotik tarqatgan shaxslar uchun jazo ikki baravar og‘irlashtiriladi;

— bolalarga narkotik iste’mol qilishni o‘rgatganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

- Ayrim holatlarda narkojinoyat sodir etgan shaxslar muddatidan oldin shartli ozod etilmaydi.

Mazkur choralar mamlakatda narkomaniyaga qarshi kurashni kuchaytirish, aholini, ayniqsa yoshlarni, sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalashga qaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:45

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:29

    'Toshkent viloyatida fuqarolarni alday, 1 mlrd 32 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:41

    Toshkent viloyatida fuqarolarni alday, 1 mlrd 32 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi

    Ular odamlarga ajratilgan kredit mablag'larini naqdlashtirib berishni va'da qilib, 600 nafar fuqaroni chuv tushirgan.

    'Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:29

    Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

    Toshkent shahar FVB yong‘in tafsilotlarini ochiqladi.

    'Toshkentda ko‘p qavatli uyda 2,5 mlrd so‘mlik "svet" noqonuniy ishlatilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:48

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    O'zgidromet 9 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.