Butun dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishi holatlarining o‘ndan to‘qqiztasi ochilmay qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh "Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni" munosabati bilan yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
"Men Gazoda jurnalistlarning o‘ldirilishini qoralayman, ularning ko‘pligidan g‘azablanman va mustaqil hamda xolis tergov o‘tkazishga chaqiraman. Xalqaro jurnalistlarning Gazoga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi taqiq mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", — deydi Antoniu Guterresh.
Jurnalistlar o‘ldirilishining eng ko‘p tasdiqlangan holatlari arab davlatlarida (82), Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida (34), Afrikada (5), Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (30) hamda Yevropa va Shimoliy Amerikada (12) qayd etilgan.
"Chegarasiz muxbirlar" tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yildan 2025-yilgacha kamida 1163 nafar jurnalist hibsga olingan, ularndan 568 nafari 48 mamlakatda hali ham hibsda qolmoqda.
BMT Bosh kotibining fikricha, davlatlar tezkor, puxta, xolis va mustaqil tergov yo‘li bilan jurnalistlarni o‘ldirganlik uchun jazosiz qolishga chek qo‘yishi kerak.






