AsosiyJinoyat

Fargʻonada sifatsiz dorilarning katta partiyasi qoʻlga olindi

Umumiy bahosi 163,6 million so‘mlik mahsulot ushlab qolindi.

'Fargʻonada sifatsiz dorilarning katta partiyasi qoʻlga olindi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatida sifati kafolatlanganmagan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning savdoga chiqarilishining oldi olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari bilan shug‘ullanib kelgan M.A. "A.Ikromov" va "Saodat" MFY hududidagi xonadonlarda xorijda ishlab chiqarilgan, sifati tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 163,6 mln so‘mlik 11 turdagi jami 2 411 quti dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlandi. Ushbu vositallar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmog‘da. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'IIV Oʻzbekistonda telefondagi firibgarliklar koʻpaygani haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Jinoyat 07.11.2025 19:20

    IIV Oʻzbekistonda telefondagi firibgarliklar koʻpaygani haqida ogohlantirdi

    Bunday holatga uchraganlar o‘zini qanday himoya qilishlari kerak?

    'Turkiyada qoʻlga olingan "kiberfiribgar" Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.'ning rasmi

    Jinoyat 07.11.2025 13:56

    Turkiyada qoʻlga olingan "kiberfiribgar" Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.

    Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u ilgari bir qator “kiberfiribgarlik” jinoyatlarini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.

    'Toshkentda Telegramda "18+" kanal yuritgan buxorolik qiz sudlandi'ning rasmi

    Jinoyat 06.11.2025 19:29

    Toshkentda Telegramda "18+" kanal yuritgan buxorolik qiz sudlandi

    U "kattalar uchun video"ni cheklovlarsiz tomosha qilishni taklif qilgan.

    'Navoyida uch kishini qasddan o‘ldirgan odam umrbodga qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 05.11.2025 21:39

    Navoyida uch kishini qasddan o‘ldirgan odam umrbodga qamaldi

    41 yoshli erkak maxsus koloniyada jazoni o'taydi.

    'Toshkent viloyatida soliqchi 5 ming dollar pora olayotganda ushlanib qolindi'ning rasmi

    Jinoyat 05.11.2025 09:41

    Toshkent viloyatida soliqchi 5 ming dollar pora olayotganda ushlanib qolindi

    Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi inspektori jinoyat ustida qo‘lga olindi.

    'Andijonda kredit olish uchun bojxona xodimining soxta guvohnomasini tayyorlaganlar qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 04.11.2025 20:20

    Andijonda kredit olish uchun bojxona xodimining soxta guvohnomasini tayyorlaganlar qoʻlga tushdi

    Hozirda holat yuzasidan tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.