AsosiyDunyo

Indoneziyadagi masjidda portlash sodir boʻldi

Ushbu mudhish hodisa ortidan 54 kishi jarohatlandi.

'Indoneziyadagi masjidda portlash sodir boʻldi'ning rasmi

Indoneziya poytaxti Jakartada juma namoz paytida maktab kompleksi hududidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda "Reuters" agentligi mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.

Portlash natijasida 54 kishi jarohat olgan, ularning jarohatlari yengildan ogirgacha bo‘lib, ayrimlar kuysh holati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shahar politsiyasi boshlig‘i Asep Edi Suxeri portlash sababi hozirda tekshirilayotganini ma’lum qildi.

"KompasTV" va "MetroTV" telekanallari havadan olingan kadrlarda politsiya chegaralari va yordam mashinalari joylashganini ko‘rsatdi. Masjidda katta vayrongarlik kuzatilmagan.

    Boshqa yangiliklar