AsosiyDunyo

Isroil yana 15 nafar falastinlikning jasadini qaytardi

Isroʻil tomoni 15 nafar falastinlikning jasadini Gʻazodagi Xon-Yunis shahrida joylashgan Nosir shifoxonasiga topshirdi.

'Isroil yana 15 nafar falastinlikning jasadini qaytardi'ning rasmi

Al Jazeera'ga ko'ra, har ikki tomon sulh shartlarini buzganlikda bir-birini ayblayotganiga qaramasdan, jasadlar almashinuvi davom etmoqda.

Falastinliklar jasadlari Isroilga halok bo'lgan askar Itay Chenning qoldiqlari topshirilgandan so'ng qaytarilgan. Chen 2023 yil 7 oktabrda HAMAS tomonidan asirga olingan va 2024 yil 10 mart kuni uning halok bo'lgani ma'lum qilingandi.

Sulh amal qila boshlaganidan beri Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi G'azoga 285 ta jasadni yetkazgan, ammo DNK tahhil jixozlarining yetishmasligi tufayli ularni aniglash jarayoni qiyin kechmoqda.

    Boshqa yangiliklar