Jinoiy ishlar bo‘yicha Chilanzor tuman sudida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan 26 yoshli qizga nisbatan jinoiy ishi ko‘rib chiqildi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, qiz Toshkentda rieltor bo‘lib ishlagan, biroq daromadi pastligi sababli faoliyat turini o‘zgartirishga qaror qilgan va Telegram'da kattalar uchun pullik kontent bilan guruh tashkil qilgan.
Suddda qiz messenjerda pornografik guruhlarga duch kelganini tan oldi. Guruhda u o‘zi ishtirokidagi pornografik videolarni joylashtirgan va boshqa chatlarda e’lonlar joylashtirib, xohlovchilarga ma’lum bir to‘lov evaziga uning guruhiga qo‘shilishni va "kattalar uchun video"ni chekovlarsiz tomosha qilishni taklif qilgan.
Qizning harakatlari MJtKning 189-moddasi (pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan kvalifikatsiya qilingan.
Sud qizni aybdor deb topib, unga BHMning 100 baravari - 41,2 mln so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.






