AsosiyDunyo

Jizzahda ona o'g'lining aliment qarzini to'laydi

Ota majburiyatini bajarmasdan, 15 mln qarzdor bo‘lgan.

'Jizzahda ona o'g'lining aliment qarzini to'laydi'ning rasmi

Zomin tumanida ona o‘g‘lining o‘rniga aliment to‘lab, uning 15 million so‘mlik qarzini yopdi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud qarori bilan S.A. sobiq turmush o‘rtog‘i M.O. foydasiga voyaga yetmagan farzandini ta’minlash uchun aliment to‘lashi shart qilib belgilangan. Biroq u majburiyatini bajarmasdan, 15 million so‘m qarzdor bo‘lib qolgan.

Majburiy ijro byurosining Zomin tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida qardorning onasi o‘g‘lining o‘rniga mazkur summadagi aliment pulini to‘lab bergan.

Xabarda ta’kidlanishicha, o‘sha kuni Byuro bo‘limiga ikki ayol – ona va kelin bir vaqtda kelgan: ona o‘g‘lining qarzini to‘lash uchun, kelin esa farzandi uchun aliment pulini olish uchun.

    Boshqa yangiliklar