AsosiyDunyo

Xitoyda uchar avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshladi

XPeng kompaniyasi vertikal uchish va qoʻnish imkoniyatiga ega "uchuvchi avtomobil"larni sinov tarigasida ommaviy ishlab chiqara boshladi.

'Xitoyda uchar avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshladi'ning rasmi

Xitoyning XPeng elektromobil ishlab chiqaruvchisi uchuvchi avtomobillarni ommaiviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi "Sinxua". Ishlab chiqarish jarayoni janubiy Xitoydagi dunyodagi ilk aqlli zavodda amalga oshirilmoqda.

Korxona "Land Aircraft Carrier" deb nomlangan modulli avtomobil uchun ajratib olinadigan elektrik uchish apparatini ishlab chiqargan. Zavod dastlab yiliga 5 ming dona, to‘liq quvvatda esa 10 mingta aviatsiya modulini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. To‘liq ishga tushgach, har 30 daqiqada bittacha uchir apparat yig‘ilishi mumkin.

XPeng kompaniyasi taqdimotdan buyon qariyb 5 mingta buyurtma qabul qilgan. Uchar avtomobillarni keng miqyosda etkazib berish 2026 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Transport vositasi olti g‘ildirakli avtomobil va undan ajraluvchi vertikal uchish-qo‘nish apparatidan iborat. U avtomatik va q‘olda boshqarish rejimlariga ega bo‘lib, aqlli yo‘nalishni tanlay oladi hamda bir tugma orqali uchish va qo‘nishni amalga oshiradi. Uzunligi 5,5 metr bo‘lgan bu avtomobil odatiy yo‘llarda harakatlana oladi va standart avtoturarjoylarga sig‘adi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Nepalda qor ko‘chki oqibati natijasida 7 nafar alpinist halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:24

    Nepalda qor ko‘chki oqibati natijasida 7 nafar alpinist halok bo‘ldi

    Qutqaruvchilar jasodlarni izlashni davom ettirmoqda.

    'Serbiyada futbol vaqtida murabbiy nega vafot etdi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:55

    Serbiyada futbol vaqtida murabbiy nega vafot etdi?

    U o'yin payti o'zini yomon his qilib hushidan ketgan.

    'Polsha Rossiyaga qarshi "dron devori" yaratmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:48

    Polsha Rossiyaga qarshi "dron devori" yaratmoqchi

    Ushbu loyiha ikki yil ichida yakunlanishi kutilmoqda.

    'Huseyn Hasanov qidiruvga berildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:53

    Huseyn Hasanov qidiruvga berildi

    Yangi jinoiy ish bloggerga nisbatan qo‘zg‘atildi, u 170 million rub‘ miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblanmoqda.

    'Toshkentda tsex yonib ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:04

    Toshkentda tsex yonib ketdi

    Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqdanmoqda.

    'Trumpning o'g'li AQSH prezidentligi uchun nomzod bo'lishini istamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:13

    Trumpning o'g'li AQSH prezidentligi uchun nomzod bo'lishini istamoqda

    Donald Trumpning o‘g‘li Eric Trump siyosatga kirish niyatini yashirmadi.