Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 noyabr kuni tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi islohotlar, orfan kasalliklarga chalingan bolalarga ko‘rsatiladigan yordam va yangi loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotga ko‘ra, endi davolanishi davlat hisobidan qamrab olinadigan bolalar soni ortadi, yosh chegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi. 2026–2030 yillarda bu yo‘nalishga jami 961 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshiriladi, retseptli dorilarning narxi 40–50 foizga tushadi, davlat xaridlari “farma.xarid.uz” tizimi orqali shaffof tarzda amalga oshiriladi. Yangi islohotlar doirasida biotibbiy hujayra mahsulotlarini ishlab chiqarish, tezlashtirilgan ro‘yxatga olish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Boshqa yangiliklar

Siyosat 03.11.2025 19:55
Shavkat Mirziyoyev Qatarga jo‘nab ketdi
Prezident Qatar amiri Tamim ibn Hamad as Saniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo'ladi

Siyosat 03.11.2025 18:23
Rustam Tursunov ham lavozimidan ozod qilindi
Tursunov ushbu lavozimga 2021 yil fevral oyida tayinlangan edi.

Siyosat 03.11.2025 18:14
Mirziyoyev IIV o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi
Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprel oyidan buyon ushbu lavozimda ishlayotgan edi.

Siyosat 01.11.2025 11:04
Mirziyoyev Japarovga maktub yo‘lladi
Maktubda Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovga minnatdorchilik bildirgan.


