Davlat rahbari giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan milliy dasturni ma’qulladi. Unda yoshlar o‘rtasida narkotiklarning tarqalishiga chek qo‘yish, noqonuniy aylanishga jinoyiy javobgarlikni kuchaytirish va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish belgilangan. Yig‘ilishda shuningdek, kiberjinoyatlar sonining so‘nggi besh yilda 68 barobarga oshgani qayd etildi. Prezident shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, bank tizimida kiberxavfsizlikni mustahkamlash va yangi ekspertiza yo‘nalishlarini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bundan tashqari, prokurorlik nazoratini raqamlashtirish, tergov jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish hamda jinoyat ishlarini to‘liq elektron shaklda yuritish rejalashtirilmoqda.






