AsosiyJamiyat

Endi paqildoq otganlar jarimaga tortiladi

Endilikda paqildoq otganlar BHMning 25 barobarida miqdorda jarimaga tortilishi aytildi.

'Endi paqildoq otganlar jarimaga tortiladi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda Unda “Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda pirotexnika buyumlari xavflik darajasiga ko‘ra 5 ta toifaga bo‘linmoqda. Qonunga ko‘ra, I toifaga kiruvchi, xavfli hudud radiusi 0,5 metrdan oshmaydigan pirotexnika buyumlari erkin muomalada bo‘ladi. Qolgan toifadagi pirotexnika vositalari muomalasi taqiqlanmoqda.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov pirotexnika buyumlarini noqonuniy realizatsiya qilish va ulardan foydalanish holatlarining ko‘payishi fuqarolar xavfsizligi va jamoatchilik tartibiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi.

- Bu yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishiga tahdidlar tug‘dirmoqda, - dedi Q.Burxonov. - Mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan aniq maqsadli tadbirlar o‘tkazilishiga qaramasdan, respublika hududiga pirotexnika vositalarini chetdan noqonuniy olib kirish holatlarini to‘liq qamrab olishning imkoni bo‘lmayapti.

Endilikda ushbu turdagi qonunbuzarlik uchun amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravargacha miqdordagi jarima jazosi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravargacha oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar