Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.I. (muqaddam sudlangan) "Yoshlik" MFY hududidagi xonadonida chigitdan qo‘lbola usulida yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 1 200 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 1 200 kg paxta chigiti, moyjuvoz uskunasi va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmogda.






