AsosiyJamiyat

Navoyida 2 dona qalampir 2 mlrdga aylanib ketdi

Tadbirkor 2 dona qalampir uchun 20 ming so‘mlik chek berishi kerak edi. Ammo...

'Navoyida 2 dona qalampir 2 mlrdga aylanib ketdi'ning rasmi

Navoiy viloyatida kichik xatolik sabab ikki dona qalampirning narxi 2 milliard so‘mga aylanib ketdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, do‘konda xaridor sotib olgan mahsuloti uchun 20 000 so‘mlik chek urish o‘rniga anglashilmovchilik bo‘lib 2 milliard so‘mlik chek urib yuborilgan. Buning natijasida esa sotuvchiga millionlab soliq kelib chiqqan.

Tadbirkor katta miqdordagi ortiqcha soliq qarzdorligi sabab chekni bekor qilish uchun soliq boshqarmasiga murojaat qilgan, biroq unga ma’lumotlarni tahrirlab bo‘lmasligini ma’lum qilingan va muammo hal qilinmagan.

Xatirchi tuman adliya bo‘limi tomonidan Navoiy viloyat soliq boshqarmasining 2025 yil 17 aprel kunidagi tegishli chekni tahrirlamaslik xatti-harakatini qonunga xilof deb topish yuzasidan Navoiy tumanlararo ma’muriy sudga shikoyat kiritilgan.

Sud tadbirkor foydasiga qaror qabul qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

    Portugaliyalik futbol yulduzi Cristiano Ronaldo Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

    'Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi

    Hozir Eron va Isroil o'rtasidagi keskinlik sabab havo hududlari yopildi.

    'Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi

    BBC tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Eron davlat televideniyesi ham portlash bo'lganini tasdiqlagan.