AsosiyJamiyat

Toshkent maktablarida niqob taqish majburiy bo'ldimi?

Ushbu xabar yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

'Toshkent maktablarida niqob taqish majburiy bo'ldimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “30 oktyabrdan boshlab maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladi” degan xabar asossiz.

“Sanepidqo‘mita” raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov bu borada aniqlik kiritdi: “Gap 26 sentyabr kuni qabul qilingan qaror haqida ketmoqda. Bu har yili mavsumiy gripp va O‘RK avj olishi oldidan beriladigan odatiy tavsiyalar holos. Hozircha epidemiologik vaziyat barqaror, maktablarda hamma o‘quvchilarga niqob taqish shart emas.”

Shuningdek, u ta’kidladi: agar sinfda yoki guruhda kasallik holatlari qayd etilsa, o‘sha joyda niqob taqish tavsiya etiladi, ammo “hamma uchun majburiy tartib” degan gap mutlaqo noto‘g‘ri.

Mutaxassislar har doimgidek, havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan kasalliklardan saqlanish uchun ijtimoiy masofa saqlash, xonalarni shamollatish va zarurat bo‘lsa, niqob taqishni tavsiya etmoqda.

Xulosa qilib aytganda, bu qaror — odatdagiy profilaktik hujjat, ommaviy cheklov emas.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qaynonasining goʻshtidan manti tayyorlagan kelin toʻqima'ning rasmi

    Jamiyat 31.10.2025 19:25

    'Andijondagi maktabda spirt ichgan fuqaro vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 31.10.2025 18:51

    Andijondagi maktabda spirt ichgan fuqaro vafot etdi

    Holaт yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

    '5 oyda 114 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari qo‘llanildi'ning rasmi

    Jamiyat 31.10.2025 17:12

    5 oyda 114 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari qo‘llanildi

    Yo'l harakati xavfsizligi xizmati jarima ballari tizimi bo'yicha statistikani ma'lum qildi.

    '"Nasaf" muxlislari o‘yindan so‘ng YTHga uchragani tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 31.10.2025 16:58

    "Nasaf" muxlislari o‘yindan so‘ng YTHga uchragani tasdiqlandi

    Ushbu mudhish hodisa sababli 4 kishi jarohatlanib, bir nafar fuqaro halok bo'lgan.

    'Toshkentda kuchli shamol kutilmog‘da'ning rasmi

    Jamiyat 31.10.2025 16:23

    Toshkentda kuchli shamol kutilmog‘da

    FVB fuqarolarga xavfsizlik choralariga rioya etishni eslatdi.

    'Saida Mirziyoyeva UNESCO bosh direktorini "Doʻstlik" ordeni berilgani bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 31.10.2025 15:18

    Saida Mirziyoyeva UNESCO bosh direktorini "Doʻstlik" ordeni berilgani bilan tabrikladi

    Kecha, 30 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev YUNESKO bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.