AQSh prezidenti Donald Trump Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan uchrashuvdan so‘ng Pekin Ukraynadagi urushni yakunlashda yordam berishini aytdi. Biroq ekspertlar bu bayonotni shubha ostiga olmoqda.
Ukrainalik tahlilchi Nataliya Plaksienko-Butirskayaning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga rozi bo‘lmagan, Trump esa bu masalani keskin qo‘ymagan. "Bu Trumpning urushni to‘xtatish bo‘yicha Xitoydan tezkor qo‘llab-quvvatlash topmaganini ko‘rsatadi", — deydi u.
Geydelberg universiteti olimi Marina Rudyak esa Trump va Si uchrashuvida aniq kelishuv bo‘lmaganini ta'kidladi. Unga ko‘ra, agar urush tugasa, AQShning e‘tibori Osiyo mintaqasiga o‘tadi, bu esa Xitoy manfaatlariga zid.
Berlinlik ekspert Angela Shtantse'l ham uchrashuvdan katta natija kutmaslik kerakligini aytib, Trumpning Pekinga nisbatan bosim o‘tkazish imkoniyatlari cheklanganini eslati. Uning fikricha, AQSh uchun muhim bo‘lgan Xitoyning nodir metallari, fentanil muammosi va savdo cheklovlari Trumpning saylovchilariga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.






