Bu natija kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va O‘zbekiston gidroenergetikasining rivojlanish bosqichiga kirganini ko‘rsatadi. Fitch ta'kidlashicha, “O‘zbekgidroenergo” so‘nggi yillarda tavakkalchiliklarni boshqarish, korporativ boshqaruv va moliyaviy natijalar bo‘yicha muhim yutuqlarga erishgan.
Kompaniya o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar hisobidan yirik loyihalarni amalga oshirib, 2030 yilgacha 3,6 trln so‘mlik investitsiya dasturini bajarishni rejalashtirgan.
“Barqaror reytingni saqlab qolish – bu yangi maqsadlar sari dadil qadamdir”, – deyiladi kompaniya rahbariyati bayonotida.






