AsosiyJamiyat

UNESCO Bosh direktori Samarqand shahriga yetib keldi

Yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston hukumatı va viloyat hokimligi masʼulları kutib oldi.

'UNESCO Bosh direktori Samarqand shahriga yetib keldi'ning rasmi

Bugun, 29 oktyabr kuni tongda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun tashkilot Bosh direktori Odri Azule va konferensiya ishtirokchilari ilk "Parij - Samarqand" charter reysi bilan Samarqand shahriga keldi. 2017 yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilgan Odri Azule uchun mazkur sessiya uning UNESCO Bosh direktori sifatida qatnashgan so'nggi sessiyasi bo'ladi. Samarqandda UNESCO'ning yangi bosh direktori rasman tasdiqlanadi. Bu lavozimni yaqinda tashkilot Ijroiya qo'mitasining 222-sessiyasida o'tkazilgan saylovda g'olib chiqqan misrlik 54 yoshli Xolid Al-Ananiy egallaydi. Ma'lumot uchun, UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi so'nggi qirq yil ichida ilk bor Parijdan boshqa shaharda, 30 oktyabr - 13 noyabr kunlari Samarqandda bo'lib o'tadi.

    Boshqa yangiliklar