"O'zgidromet" xabariga ko'ra, 28 oktyabr kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda ham shamol 10–12 m/s gacha kuchayadi. Mutasaddilar aholiga ochiq havoda faoliyatni cheklash, niqob taqish va ehtiyot chorasini ko'rishni tavsiya qilmogda.
Ma'lumot uchun, "O'zgidromet" kecha, 27 oktyabr kuni ham kuchli shamol va chang-to'zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.






