AsosiyDunyo

Turkiyada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi

Buning ortidan 3 bino va 1 do'kon qulab tushdi.

'Turkiyada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

Turkiyaning  Baliqesir viloyatida kecha kechqurun 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma'lumotiga ko‘ra, zilzila 6 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.

Zilzila Istanbul, Izmir va atrofdagi viloyatlarda ham sezilgan. Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya voqea joyiga borib, aholi bilan uchrashdi. Unga ko‘ra, zilzila oqibatida 3 bino va 1 do‘kon qulab tushgan, biroq hech kim halok bo‘lmagan.

Yerlikaya shuningdek, 112 xizmatiga jami 504 ta murojaat kelib tushganini, ulardan 25 tasi bino zararlanishi bilan bog‘liq ekanini ma'lum qildi.

Baliqesir hokimi Ismoil Ustao‘g‘li esa kasalxonalarga 22 kishi murojaat qilganini, ularning aksariyati vahima bilan sakragan yoki engil jarohat olganini aytdi.

AFAD ma'lumotiga ko‘ra, tunda bir necha artchi zilzila ham qayd etilgan, eng kuchlisi 4,3 magnitudada bo‘lgan.

Baliqesir viloyatida xavfsizlik chorasi sifatida bugun ta’lim jarayonlari bir kunga to‘xtatildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoq orqali bayonot berib, "Zilziladan zarar ko‘rgan barcha fuqarolarimizga o‘z hamdardligimni bildiraman, barcha xizmatlar joyida faoliyat yuritmoqda," dedi.

    Boshqa yangiliklar