AsosiyDunyo

Louvre muzeyidagi yirik o'g'irlik bo'yicha ikki gumonlanuvchi qo'lga olindi

Ularidan biri mamlakatni tark etishga uringan. Frantsiya matbuoti bu yirik o'g'rilikni "asr o'g'riligi" deb atadi.

'Louvre muzeyidagi yirik o'g'irlik bo'yicha ikki gumonlanuvchi qo'lga olindi'ning rasmi

Fransiya huqoqni muhofaza qilish organlari bir hafta oldin dunyodagi eng mashhur muzey — Luvrda sodir etilgan yirik o‘g‘irlik ishi bo‘yicha ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi, deb xabar berdi bbc.com va bu ma’lumotni Parij prokuraturasi ham tasdiqladi.

Rasmiylar hozircha ushlanganlar sonini ochiqlamay turishmoqda, ammo dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri “Parij — Sharl-de-Goll” aeroportida xorijga parvoq qilish arafasida to‘xtatilgan. U ikkinchi hamrohidan bir necha soat oldin qo‘lga tushgan. Keyinchalik ikkinchi gumonlanuvchi Parij chetidan Sen-Sen-Deni shaharchasida ushlangan.

Manbalarning aytishicha, har ikki shahs avvaldan politsiya ro‘yxatida bo‘lgan va jinoyiy faoliyat bilan shug‘ullangan deb gumon qilingan. AFP ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilardan biri Jazoyirga yo‘l olayotgan samolyotga chiqmoqchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Luvrdagi qo‘pol talonchilik o‘tgan yakshanba kuni kunduzi sodir bo‘lgandi. Jinoyatchilar muzeyga zinapoya orqali kirib, deraza oynasini kesish orqali ichkariga tushishgan va oldindan belgilangan buyumlar saqlangan metal seyflarni ochib, qimmatbaho artefaktlarni olib qochishgan.

Talonchilik atigi sakkiz daqiqa davom etgan va unda niqob taqqan to‘rt kishi ishtirok etgan. Ulardan ikkitasi bino ichiga kirgan, qolganlari tashqarida kuzatuvchi sifatida harakat qilgan. Tergovchilarning taxminicha, bu jinoyat yaxshi rejalashtirilgan va kasbiy tarzda amalga oshirilgan.

Parij prokurori Laura Bekkoa bu haqda shanba kuni BBC so‘roviga javoban shunday dedi:

"Tergovchilar 25 oktyabr kuni kechqurun hibsga olishni amalga oshirganini tasdiqlayman. Gumonlanuvchilardan biri mamlakatni tark etishga urinib turgan. Hozir tergov qizg‘in bosqichda va so‘roq jarayoni 96 soatgacha davom etishi mumkin".

Prokuror tergov ma’lumotlari jamoatchilikka erta yetkazilganidan afsusdaligini bildirib, bu holat tergov ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi:

"Hozircha qo‘shimcha tafsilotlar berishga erta. Bu ma’lumotlarni oshkor qilish tergovchilarning ishini qiyinlashtiradi", — dedi u.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlangan buyumlar orasida XIX asrga mansub, Napoleon Bonapart va uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan olmos va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan taqinchoqlar, diademalar va marjonlar bor. Ularni umumiy qiymati 88 million yevroga (taxminan 102 million dollar) baholanmoqda.

Ayrim ekspertlar fikricha, o‘g‘rilar buyumlarni allaqachon qismlarga ajratib yuborgan bo‘lishi mumkin — ya’ni toshlar va metalllar alohida olingan va ularni tarixiy qiymatiga nisbatan arzon narxda sotish ehtimoli bor.

Fransiya adliya vaziri bu voqeani mamlakat madaniy merosiga yetkazilgan katta zarar deb atadi va muzeydagi xavfsizlik protokollarining yetarlicha ishlamaganini tan oldi.

Shu bilan birga, jinoyat joyi yaqinida ikki buyum — jumladan, imperatritsa Yevgeniyaga tegishli toj ham topilgan. Ehtimol, o‘g‘rilar ularni qochish paytida tashlab ketgan yoki yo‘qotib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

Tergov hali davom etmoqda. Fransiya matbuoti bu hodisani “asr o‘g‘irligi” deb atadi — chunki u nafaqat moliyaviy, balki madaniy va tarixiy jihatdan ham ulkan yo‘qotish hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump uni gʻazablantirgan reklama sababli Kanada mahsulotlariga qoʻshimcha 10 foiz boj qoʻllashini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 21:41

    Trump uni gʻazablantirgan reklama sababli Kanada mahsulotlariga qoʻshimcha 10 foiz boj qoʻllashini aytdi

    Donald Trump Ronald Reagan AQShning 40-prezidenti boʻlgan nutqidan parchalar keltirilgan videorolikni "soxtalashtirilgan" deb ataydi.

    'Tailand va Kambodja o'rtasida "tinchlik shartnomasi" imzolandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:35

    Tailand va Kambodja o'rtasida "tinchlik shartnomasi" imzolandi

    AQSh prezidenti Donald Trump Malayziyaga etib bordi. Bu uning bir haftalik Osiyo safarining birinchi bekati.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:21

    ''ning rasmi

    Dunyo 24.10.2025 21:51

    ''ning rasmi

    Dunyo 24.10.2025 20:42

    ''ning rasmi

    Dunyo 24.10.2025 17:54