AsosiyJamiyat

Solıq buzilishi haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot to‘landi

2025 yilning 9 oyida 80 mingdan ortiq murojaat “Soliq hamkor” tizimi orqali kelib tushgan.

'Solıq buzilishi haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot to‘landi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga jami 24,1 milliard so‘m mukofot to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Yil boshidan "Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali 82 857 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 74 970 tasi – xarid cheki bermaslik, 3 001 tasi – to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik, 184 tasi – karta uchun xarid summasini oshirish, 4 702 tasi esa boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlariga oid bo‘lgan.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar asosida 34 196 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, ularning 98,8 foizida huquqbuzarlik aniqlangan. Natijada xabar bergan fuqarolarga 34 139 ta holat bo‘yicha undirilgan jarimalarning 20 foizi – 24,1 milliard so‘m mukofot sifatida to‘langan.

Eng ko‘p mukofot Toshkent shahri aholisi (6 mlrd 20 mln so‘m), eng kami esa Jizzax viloyati fuqarolari (733,5 mln so‘m) ulushiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot uchun, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarni pul bilan rag‘batlantirish tizimi O‘zbekistonda 2022 yil boshidan joriy etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda BMW urib ketishi ortidan vafot etgan xodimning oilasi davlat muhofazasiga olinadi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:57

    Toshkentda BMW urib ketishi ortidan vafot etgan xodimning oilasi davlat muhofazasiga olinadi.

    Ichki ishlar organlarida 2022 yil ish boshlagan Xosilbek 2024 yildan faoliyatini patrul post xizmatida davom ettirgan.

    'AQSHda "gigant chaqaloq" dunyoga keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:35

    AQSHda "gigant chaqaloq" dunyoga keldi

    AQShning Itaka shahridagi tibbiyot markazida ogʻirligi 5,9 kg boʻlgan chaqaloq tugʻilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:04

    'Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 16:19

    Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi chegarа hududida vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirgan.

    'Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 14:38

    Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakaddagi vaziyat murakkabligi sabab fuqarolarni shaxsiy xavfsizlikka jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirdi.

    'Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 13:14

    Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.

    Bunga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.