AsosiyDunyo

Rossiya samolyotlari Litva havo hududiga buzib kirdi

Ular Kaliningrad viloyatidan chegara orqali Kibartay shahri yaqinida mamlakat hududiga taxminan 700 metr chuqurlikda kirib borgan va 18 soniyadan so‘ng orqaga qaytgan.

'Rossiya samolyotlari Litva havo hududiga buzib kirdi'ning rasmi

Hodisa sababli NATO havo politsiyasi missiyasi doirasida Ispaniyaga tegishli Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarilgan. Litva bosh vaziri Inga Ruginyene vaziyat to‘liq nazoratda ekanini aytdi va milliy xizmatlar hamda ittifoqchilarning tezkor harakatini olqishladi.

Prezident Gitanas Nauseda Rossiyaning bu harakatini "xalqaro huquqni va mamlakat suverenitetini qo‘pol ravishda buzish" deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi vakillarini chaqirib, nota topshiradi.

So‘nggi oylarda shunga o‘xshash holatlar ko‘paygani qayd etilmoqda: 10 sentyabr kuni Rossiya dronlari Polsha havo hududiga, 20 sentyabrda esa uchta MiG-31 qiruvchisi Estoniya chegarasidan o‘tgan. NATO bunday holatlarni "tobora mas’ulyatsiz harakatlar" deb baholab, o‘z hududining har bir qarichini himoya qilishini ma’lum qildi.

Litva mudofaa vaziri Dovile Shakalyen 2015 yilda Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgani voqeasini eslab, "agar kerak bo‘lsa, havo hududini buzgan samolyotlar urib tushirilishi lozim"ligini ta’kidladi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Moskva bu harakatlar orqali Yevropa osmonini himoya qilish salohiyatini sinovdan o‘tkazayotganini bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 21:51

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 20:42

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:54

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:49

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:56

    'Trump Kolumbiya prezidentini "yaramas qaroqchi" deb atadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:25

    Trump Kolumbiya prezidentini "yaramas qaroqchi" deb atadi

    AQSh prezidenti Janubiy Amerikadagi narkokartellarga qarshi qat'iy chora ko'rishni va'da berdi.