AsosiyJamiyat

O'zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi

1 oktyabr holatida O‘zbekiston Respublikasi aholisi 38 million 69,1 ming nafarni tashkil etdi.

'O'zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatida O‘zbekiston Respublikasi aholisi 38 million 69,1 ming nafarni tashkil etdi.

Aholining 49,6 foizi — ayollar (18,9 mln nafar), 50,4 foizi esa — erkaklar (19,1 mln nafar) hisoblanadi.

Shu bilan birga, shahar aholisi — 19,4 million, qishloq joylarda yashovchilar — 18,7 million nafarni tashkil qildi.

Joriy yil davomida mamlakatda 177 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 35,4 mingta ajralish holati ro‘yxatga olingan.

Tashqi migratsiya bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning to‘qqiz oyida 1 133 kishi mamlakatga ko‘chib kelgan, 7 585 kishi esa ko‘chib ketgan.

Mutasaddidlarning ta’kidlashicha, demografik o‘sish sur’ati barqaror bo‘lib, aholi soni yildan yilga ortmoqda.

    Boshqa yangiliklar