AQSh prezidenti Donald Trumpning ikkinchi prezidentlik davri boshlangach, mamlakat ilk bor Rossiyaning eng yirik energetika kompaniyalari — "Rosneft" va "Lukoil"ga sanktsiyalar qo'lladi.
Cheklovlar ushbu kompaniyalarning tarkibidagi 50 foiz va undan ortiq ulushga ega sho'ba korxonalariga ham tatbiq etiladi.
Mutaxassislarning fikricha, bu sanktsiyalar mazkur kompaniyalar bilan hamkorlik qilayotgan, neft va neft mahsulotlarini import qiluvchi xorijiy firmalar uchun ham ikkilamchi sanktsiyalar xavfini oshiradi.