AsosiyDunyo

Oʻzbekistonda prezident korteji sabab homilador ayol vafot etdi

Marhumaning eri xavfsizlik kuchlariga tiz cho‘kib yolg‘orishiga qaramasin ular xiyobonlar orqali tuman tibbiyot birlashmasiga borishni aytgan va ayol tug‘ulmagan bolasi bilan birga erining qo‘lida vafot etgan.

'Oʻzbekistonda prezident korteji sabab homilador ayol vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Lebap viloyatining Turkmanobod shahrida havfsizlik kuchlari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammadov korteji sabab yo‘llarni to‘sib qo‘ygani ortidan etti oylik homilador ayol shifoxonaga kirolmay vafot etdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni Berdimuhammadov Turkmanoboddagi Saparmurod Niyozov nomidagi kimyo zavodida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasining poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etgan. Shu munosabat bilan shahardagi ko‘cha va yo‘llar yopilgan, havfsizlik va militsiya xodimlari bir necha soat davomida transport va piyodalar harakatini cheklagan.

Ayolning eri uni shifoxonaga olib ketayotgan edi, biroq ularni yo‘lda havfsizlik kuchlari to‘xtatib, o‘tishga ruxsat bermagan. Nashrning yozishicha, erkak havfsizlik kuchlariga tiz cho‘kib yolg‘urgan, ular esa xiyobonlar orqali tuman tibbiyot birlashmasiga borishni aytgan. Voqea tafsilotlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan tibbiyot xodimining aytishicha, ayol erining qo‘lida halok bo‘lgan. Ular shifoxonaga yetib borishganda, shifokorlar boshqa hech narsa qila olmasligini aytgan.

“Uning eri tez yordam mashinasi yetib bora olmagan va yo‘ldagi havfsizlik xizmati xodimlari o‘tkazib yubormagani uchun ayolni mashinasida olib keldi. Turkmanobodlik ayol o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsata olmagan va tug‘ilmagan bolasi bilan birga erining qo‘lida vafot etgan”, — degan tibbiyot xodimi.

Shifoxona xodimlarining xabar berishicha, Prezident tashrifi kuni hatto tez yordam mashinalari ham harakatlana olmagan.

Marhumning turmush o‘rtog‘i Prezident Berdimuhammadovga shikoyat qilib, adolat izlashini, shuningdek, voqea haqida OAV va BMTga xabar berishini aytgan. O‘shandan beri havfsizlik kuchlari ham uning uyiga borib, unga “o‘g‘lining kelajagi va sog‘lig‘i haqida qaygur” degan.

Turkmaniston rasmiylari voqea yuzasidan izoh bermagan. Mahalliy OAV voqea haqida xabar bermagan.

    Boshqa yangiliklar