AsosiyJamiyat

Toshkentda uchta mashina toʻqnashdi

Olmazor tumanida sodir bo'lgan YTH oqibatida haydovchilar va bir yo'lovchi jarohat oldi.

'Toshkentda uchta mashina toʻqnashdi'ning rasmi

20 oktyabr kuni soat 19:50 da Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan Ahmad Donish ko‘chasida Cobalt, Nexia-3 va Lacetti rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar YХXB xabar berdi. To‘qnashuv oqibatida barcha haydovchilar va Lacetti avtomobilidagi bir yo‘lovchi jarohat olgan. Ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgani ma’lum qilindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIXB YХXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yana bir Lacetti mashinasi "avariya"dan so‘ng yongani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar