AsosiyJamiyat

Urgutda maktab o‘quvchilarining janjallashishi ortidan 12 ota-onaga nisbatan chora ko‘rildi

9-sinf o‘quvchi qizlar orasidagi mojaro yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

'Urgutda maktab o‘quvchilarining janjallashishi ortidan 12 ota-onaga nisbatan chora ko‘rildi'ning rasmi

Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 41-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida yuzaga kelgan janjal yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, 13 oktyabr kuni 9-“A” sinf o‘quvchisi F.F. va 9-“B” sinf o‘quvchisi R.G. o‘z yashash xonadonlarida telefon orqali og‘zaki tortishib qolgan. Mojaro ertasi kuni, 14 oktyabrda, maktab darslari tugaganidan so‘ng Qoratepa mahallasidagi Sarbozor ko‘chasida soat 14:20 larda davom etgan.

Janjal paytida boshqa sinfdoshlar ham voqea joyida bo‘lgan. Holat yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgan. Tuman IIB tomonidan usbu hodisada ishtirok etgan jami 12 nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar