AsosiyDunyo

Ayol 15 yilda 400 ta plastik operatsiya o‘tkazdi

U bu uchun taxminan 210 ming dollar sarflagan.

'Ayol 15 yilda 400 ta plastik operatsiya o‘tkazdi'ning rasmi

Janubiy Koreyada ayol 15 yil ichida 400 ga yaqin kosmetik operatsiya o‘tkazdi va bu uchun 300 million von (taxminan 210 ming dollar) sarflagan. Bu haqda u tvN STORY telekanalidagi shouda gapirdi.

Ma’lum qilishicha, Gil Li Von shouda ishtirok etar ekan, 2010 yilda birinchi marta plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani va shundan beri ortga qaramaganini aytib o‘tgan. Vonning aytishicha, 27 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uning yigitlaridan biri tashqi ko‘rinishini muntazam tanqid qilib kelgan va bu uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda hurmatini pasaytirgan. Shu sababli, ayol o‘z qiyofasini keskin o‘zgartirishga qaror qilgan.  

Gil so‘nggi 15 yil davomida o‘tkazgan ko‘plab kosmetik muolajalar haqida so‘z yuritar ekan, peshonaga yog‘ ko‘chirish, quloq shaklini tuzatish, ikki qovoq jarrohligi, ko‘z konturini korreksiya qilish, burun plastikasi (rinoplastika), filtrum qismini qisqartirish, iyak va yuz konturini shakllantirish, yelka qismini to‘ldirish, bo‘rtma va bo‘laklarni bartaraf etish, bo‘yin terisidagi ortiqcha yog‘ni olib tashlash, dumba akupunkturasi, butun tana liposaktsiyasi, tomir hujayralari ineksiyalari hamda turli xil teri muolajalaridan o‘tganini eslab o‘tadi.

“Agar kosmetik muolajalar va dermatolog ko‘riklarini ham hisoblasangiz, men jami 400 ga yaqin protseduradan o‘tdim. Bularning barchasi vaqt o‘tishi bilan to‘planib bordi”,— deydi Gil.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 20:23

    'Ispaniyada qora mushuklarni boqish taqiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:25

    Ispaniyada qora mushuklarni boqish taqiqlandi

    Bu vaqtincha cheklov ekani aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:15

    'Shimoliy koreyalik harbiy Janubga qochib o'tdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:45

    Shimoliy koreyalik harbiy Janubga qochib o'tdi

    Demarkatsiya chizigʻini kesib oʻtgan askar qoʻlga olindi.

    'Yamanda husiylar 20 nafar BMT hodimini hibsga oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:29

    Yamanda husiylar 20 nafar BMT hodimini hibsga oldi

    Hodimlar josuslikda ayblandi, ularning ayrimlari so‘roqdan so‘ng ozod qilindi.

    'Xitoy AQShni strategik ahamiyatga ega kiberhujumlarda aybladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:48

    Xitoy AQShni strategik ahamiyatga ega kiberhujumlarda aybladi

    AQSh razvedkasi Xitoyning Milliy vaqt xizmatiga buzib kirib, tizimlarni izdan chiqarishga uringan.