AsosiyDunyo

Gonkongda yuk samolyoti dengizga quladi

Buning oqibatida ikki kishi halok boʻldi.

'Gonkongda yuk samolyoti dengizga quladi'ning rasmi

Gonkong xalqaro aeroportida 20 oktyabr tongida Emirates aviakompaniyasining yuk tashuvchi Boeing 747 samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, dengizga qulab tushdi.

Samolyot yo‘lakdan chiqib, yaqin atrofda bo‘lgan xizmat mashinasiga urilgan. Mashinada bo‘lgan 30 va 41 yoshli ikki erkak halok bo‘lgan. Samolyot bortidagi to‘rt nafar ekipaj a’zosi jabrlanmagan.

Halokat Shimoliy uchish yo‘lagining yopilishiga va 12 ta yuk reysining bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Gonkong rasmiylari voqea yuzasidan tergov boshlab, parvozlar xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar