AsosiyDunyo

Isroil G‘azodagi urushni vaqtincha to‘xtatganmidi?

Hududda yana begunoh fuqarolar Isroil tomonidan o'qqa tutilgani aytilmoqda.

'Isroil G‘azodagi urushni vaqtincha to‘xtatganmidi?'ning rasmi

Isroil armiyasining ma'lum qilishicha, Gʻazoning janubidagi Rafah hududida HAMAS jangarilari harbiylarga qarata oʻt ochgan. Shundan soʻng Isroil aviatsiyasi "terrorchilik nishonlari"ga zarba berganini bildirgan. Harbiylar vakiliga koʻra, zarbalarning davom etishi mumkin.

Turli manbalarga koʻra, hujumlar natijasida 3 dan 11 nafargacha kishi halok boʻlgan.

HAMAS esa oʻz navbatida Isroilni sulhni buzishda aybladi va 10 oktyabrdan beri 38 nafar falastinlik Isroil hujumlarida halok boʻlganini bildirdi. Ular, shuningdek, Isroilga topshiriladigan bir garovdagi fuqaroning jasadi topilganini, biroq yangi hujumlar qutqaruv ishlarini toʻxtatib qoʻyishi mumkinligini taʼkidlagan.

Isroilda bir nechta yuqori lavozimli amaldorlar zarbalarning qayta boshlanishini qoʻllab-quvvatladi. Diaspora ishlari boʻyicha vazir Amihay Chikli: "HAMAS mavjud ekan — urush davom etadi", dedi. Siyosatchi Yair Golan esa: "HAMASga qarshi qat'iy javob berish kerak. Oʻyin qoidalari shunday oʻrnatiladi", — deb yozdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump Zelenskiyga Putinning shartlarini qabul qilishni taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:07

    Trump Zelenskiyga Putinning shartlarini qabul qilishni taklif qildi

    Qo'shma Shtatlar yetakchisi Ukraina prezidentini Putinning shartlariga konmasa uni yo'q qilishi mumkinligini aytgan.

    'Putin va Trumpning navbatdagi uchrashuvi qanday o'tadi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:05

    Putin va Trumpning navbatdagi uchrashuvi qanday o'tadi?

    Budapeshtda o'tadigan sammit oldidan AQSh Rossiya bilan yangi, kuchaytirilgan muzokaralar o'tkazishga tayyorlanmoqda.

    'Isroil HAMASni "sulhni qo'pol ravishda buzganlikda" aybladi va G'azoga havo hujumlarini boshladi'ning rasmi

    Dunyo 19.10.2025 21:28

    Isroil HAMASni "sulhni qo'pol ravishda buzganlikda" aybladi va G'azoga havo hujumlarini boshladi

    Isroil armiyasining taʼkidlashicha, HAMAS sariq chiziq ortidagi Isroil qoʻshinlariga bir necha hujumlar uyushtirgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 19.10.2025 20:21

    'Isroil armiyasi G‘azodan garovga olingan yana 2 kishining jasadini oldi'ning rasmi

    Dunyo 19.10.2025 15:40

    Isroil armiyasi G‘azodan garovga olingan yana 2 kishining jasadini oldi

    Isroil armiyasining bildirishicha, garovga olinganlarning jasadi bo'lgan ikkita tobut o't ochishni to'xtatish kelishuvi doirasida qabul qilingan.

    'AQShda Trumpga qarshi namoyishlar boʻlmoqda'ning rasmi

    Dunyo 19.10.2025 12:05

    AQShda Trumpga qarshi namoyishlar boʻlmoqda

    100 mingdan ortiq odam Nyu-York ko'chalari bo'ylab prezident Donald Trampga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi.