Toshkent shahar Yunusobod tumanida yo‘lovchi avtobusi Sobalt bilan to‘qnashdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, 26-sonli yo‘nalish avtobusini boshqargan Sh.O. yo‘lning katnov qismiga suv sepilganini inobatga olmagan va oraliq masofani saqlamagan. Oqibatda avtobus oldinda harakatlanib ketayotgan Sobaltning orqa qismiga urilgan.
To‘qnashuv oqibatida Sobalt ham oldinda harakatlanayotgan BYD avtomobiliga urilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sabab tan jarohati olganlar yo‘q, biroq yengil avtomobillar va avtobus texnik shikastlangan. Mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakatini xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.