Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi “Shodlik” xususiy bog‘chasida ikki tarbiyachi bir bolani yig‘latib, jamoat oldida kechirim so‘rashga majburlagani aks etgan video jamiyatda keskin muhokamaga sabab bo‘ldi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tarbiyachi N.A. mashg‘ulot vaqtida bolaga nisbatan no‘rin so‘zlar ishlatib, pedagog etikasiga zid xatti-harakat sodir etgan. Unga va ikkinchi tarbiyachiga nisbatan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, viloyat bo‘ylab maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagoglarning axloqiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimta choralar belgilangan.