Surxondaryo viloyati, Denov tumanida 2025 yil 1 may kuni bozorda 3 yoshli qizaloqni pichoqlab o‘ldirgan ayol S.A. ruhiy hastalar ro‘yxatida turgan va sud qaroriga asosan majburiy davolanishi kerak edi. Ammo tuman IIBga yuklangan ushbu qaror bajarilmagan.
Mas’ul bo‘lgan profilaktika inspektori A.R. ayolning uyiga bir necha marta borgan, ammo u uyda bo‘lmagani sabab, tekshiruvni to‘xtatgan. Sudda u: “Boshqa xizmat ishlarim bilan band bo‘lib, unutdim”, degan.
3 oktyabr kuni sud uni aybdor deb topib, 3 yilga ozodlikni cheklash hamda IIV tizimida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosini tayinladi.