2025 yil 16 oktyabr kuni soat 15:30 da chet elda ota-ona qaramog‘idasiz qolgan 5 nafar o‘zbekistonlik bola Toshkent shahriga yetib keldi. Hozirda ular Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, bolalarning 1 nafari ota-onalari, 2 nafari yaqin qarindoshlari, yana 2 nafari esa oilaviy bolalar uyiga topshiriladi. Ularning keyingi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi doimiy yashash manzillari bo‘yicha davom ettiriladi.
Mazkur insonparvarlik aksiyasi Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida amalga oshirildi.