AsosiyJamiyat

2026 yildan EHFlar xavf darajasiga ko‘ra baholanadi

Solıq organlari elektron hisobvaraq-fakturalar orqali shubhali operatsiyalarni avtomatik anıqlashni boshlaydi.

'2026 yildan EHFlar xavf darajasiga ko‘ra baholanadi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) real vaqtda xavf darajasi bo‘yicha avtomatik baholanadi. Yangi tizim orqali shubhali operatsiyalar aniqlansa, EHFning maqomi xaridorga ko‘rsatiladi.

Soliq qo‘mitasi ma’lum qilishicha, tizim xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan bo‘lib, qonunbuzilish ehtimolini aniqlovchi mezonlarga asoslanadi. Hozircha sinovda bo‘lgan platforma 2026 yildan to‘liq joriy etiladi.

Iyul-sentyabr oylarida 5,9 trln so‘mlik shubhali EHFlar aniqlangan, ular orqali 706 mlrd so‘m QQSni hisobga olishga urinilgan. Yangi tizim yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar