Xitoy 40 000 kilometrdan ziyod faoliyatdagi tezyurar temiryo‘llari bilan global yetakchi hisoblanadi. Undan keyin esa katta farq bilan Ispaniya, Yaponiya va Frantsiya kabi davlatlar kelmoqda.
AQSh va Rossiya kabi davlatlarda esa hali ham bu sohadagi rivoj sekin kechmoqda.
Tezyurar temiryo‘llar – bu soatiga 250 km va undan yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy transport vositasi bo‘lib, u safar vaqtini qisqartiradi va iqtisodiy integratsiyaga turtki beradi.
Xitoydagi eng tezkor tijorat liniyasida poyezdlar soatiga 430 km tezlikka etadi.