AsosiyJamiyat

Pаxtakor metro bekatida ayolga nisbatan shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

23 yoshlijigit qilgan ishidan pushaymon ekanini aytdi va suddan yengillik soʻradi.

'Pаxtakor metro bekatida ayolga nisbatan shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi'ning rasmi

2025 yil 14 oktyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tuman ma’muriy sudi tomonidan Paxtakor metro bekatida ayol yo‘lovchiga nisbatan shilqimlik qilgan 2002 yilda tug‘ilgan yigit — S.B.ga nisbatan qaror chiqarildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2025 yil 20 sentyabr kuni Paxtakordan Xalqlar do‘stligi bekatiga harakatlanish vaqtida A.D. ismli ayolning beldan past qismini ushlab, nomaqbul harakat sodir etgan. Sudda u aybini tan olib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.

Sud hukmiga ko‘ra, S.B. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismi (jamoat joyida shahvoniy shilqimlik) bo‘yicha aybli deb topilib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Трамп депортация сиёсатида йўналишни ўзгартирмоқда'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    'Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:46

    Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq

    BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh tomonlarni mojaroni yumshatishga chaqirdi.

    'Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:00

    Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi

    Bu yuqori transport oqimi Ramazon hayiti bayrami va dam olish kunlari munosabati bilan aholining ommaviy ravishda shahardan chiqishi bilan bog‘liq.

    'Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 13:03

    Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar

    2026 yilgi Jahon baxti hisobotida yana shimoliy davlatlar yetakchilikni qo‘lga oldi.

    'Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 12:48

    Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi

    Туркиянинг Бодрум шаҳрида 36 ёшли Ўзбекистон фуқароси икки нафар эркак томонидан жинсий тажовузга учрагани хабар қилинди.

    'Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 11:28

    Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.