Qutqaruv xizmatlari yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan. “Aja News” xabariga ko‘ra, hujum oqibatida Hindistonning uch nafar fuqarosi jarohat olgan.
Hozirda BAA hududida havo hujumidan mudofaa tizimlari faol ishlamoqda. Rasmiylar to‘rtta Eron raketasi aniqlanganini ma’lum qildi. Ularning uchtasi dengiz ustida yo‘q qilingan, to‘rtinchisi esa dengizga tushgan.
“Mamlakatning turli hududlarida eshitilayotgan tovushlar — bu BAA havo mudofaa tizimlarining ishlashi natijasidir”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Fujayra mintaqada neft eksport qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kam sonli terminallardan biri hisoblanadi. U Hormuz bo‘g‘oziga yaqin bo‘lsa-da, uning tashqarisida joylashgan. O‘tgan yili ushbu port orqali kuniga 1,7 million barreldan ortiq neft va neft mahsulotlari eksport qilingan.






