O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tashabbusi bilan xalqaro qidiruvga berilgan uch nafar fuqaro BAA hududida ushlanib, vatanga qaytarildi. Bu haqda vazirlik xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur shaxslarning turgan joyi aniqlangan. Ularning ikki nafari firibgarlikda, yana biri odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlikda ayblanmoqda.
Qayd etilishicha, jinoyatdan so‘ng ular BAA hududiga qochib ketgan. Interpol Milliy markaziy byurosining maqsadli faoliyati, xorijiy hamkorlar bilan doimiy aloqalari hamda xalqaro qidiruv mexanizmlarining ishga tushirilishi natijasida gumonlanuvchilarning manzili aniqlanildi. Interpolning Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurosi ko‘magida ular qo‘lga olingan.
Shaxslarni topshirish jarayoni Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolari o‘rtasida erishilgan maxsus kelishuvar asosida amalga oshirildi.






