AsosiyJamiyat

Xotirasi yo‘qolgan rafiqasiga qayta uylangan erkak taassurotli hikoyasi bilan bo‘lishdi

Malayziyada bir erkak avariyadan so‘ng xotirasini yo‘qotgan rafiqasi uchun qaytadan to‘y o‘tkazib, u bilan yangi hayotni boshlashga qaror qildi.

'Xotirasi yo‘qolgan rafiqasiga qayta uylangan erkak taassurotli hikoyasi bilan bo‘lishdi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, ayol bir necha yil avval yo'l-transport hodisasiga uchrab, komaga tushgan. O'ziga kelganidan so'ng esa eri va farzandlarini tanimay qolgan, hatto oddiy ko'nikmalarni ham unutib qo'ygan.

Shunga qaramasdan, erkak rafiqasini tark etmagan va yillar davomida unga g'amxo'rlik qilib kelgan. U bu davrni hayotidagi eng og'ir sinov sifatida ta'riflagan.

Qayta tashkil etilgan to'y marosimi kamtarona o'tkazilgan bo'lib, farzandlari va fotograf yordamida bezatilgan. Juftlik an'anaviy liboslarda nikoh uzuklarini taqib, yangi xotiralar yaratishga intilishini namoyon etgan.

Marosim yakunida ayol eriga yillar davomidagi sabr va qo'llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirgan.

    Boshqa yangiliklar